"Milan" Musakko bilan shartnomani bekor qilmoqchi

  • 25.12.2020 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” rahbariyati qishki transferlar davrida jamoa himoyachisi Mateo Musakkoni sotib yubormoqchi.

Milan News nashrining yozishicha, 30 yoshli argentinalik futbolchi “rossonerilar” ustozi Stefano Piolining rejalariga kirmaydi.

Musakko joriy mavsum “Milan” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Uning shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli “rossonerilar” u bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!