
"Milan" muxlislari bayramni boshlashlari mumkin
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich bugun jamoaning umumiy guruhida shug‘ullandi. Bu haqda CalcioMercato nashri xabar bermoqda.
39 yoshli shvetsiyalik to‘purar 20 dekabr kuni A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olngan “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Ammo bu boradagi yakuniy qaror o‘yin kuni qabul qilinadi.
Ibragimovich joriy mavsum A Seriyaning 6 ta bahsida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol urdi. U Romelu Lukaku va Krishtianu Ronaldu qatorida A Seriya to‘purarlari kuchli uchligida bormoqda.
Fikrlar