
"Milan" muxlislari uchun uzoq kutilgan xushxabar!
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich bugunoq maydonga qaytishi mumkin.
“Rossonerilar” murabbiylar shtabi 39 yoshli shvetsiyalik to‘purarni bugun A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan "Torino"ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich jarohati sabab 22 noyabrdan buyon maydonga tushmay kelayotgan edi. “Milan” – “Torino” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar