"Milan" o‘ziga Frantsiyadan zo‘r hujumchi topdi

  • 25.05.2023 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" "Lans" hujumchisi Loi Opendaga qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "rossonerilar" 23 yoshli belgiyalik futbolchini yangi mavsumda tarkibni kuchaytira oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. O‘z navbatida Opendaning ayni damdagi transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Loi Openda joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!