"Milan" "Portu" futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 18 yanvar, 2021, 17:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" xavbeki Otavio "Milan" rahbariyatining e’tiboriga tushdi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 25 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida, Otavioning "Portu" bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli Portugaliya grandi uni pastroq narxga sotib yuborishi ham mumkin.

“Milan” Otavioga yillik 1,5 mln evro maosh va 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Otavio joriy mavsum “Portu” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!