
"Milan" tarixidagi eng zo‘r xo‘jayin koronavirusga chalindi
"Milan" klubini boshqargan Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni koronavirusga chalindi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 83 yoshli sobiq siyosatchi va biznesmenning COVID-19 ga topshirgan testi musbat natija bergan. Hozircha, uning ahvoli haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Berluskoni 31 yil (1986-2017) davomida “Milan”ga rahbarlik qilgan. Uning davrida “rossonerilar” jami 29 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar