"Milan" tez orada Jekoning hamyurti bilan shartnoma imzolaydi

  • 13 iyun, 2019, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi tez orada o‘z safini "Empoli" xavbeki Rade Krunich bilan kuchaytiradi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "rossonerilar" 25 yoshli bosniyalik futbolchi uchun 8 million evro to‘lashadi. Unga keyinchalik bonuslar ham qo‘shiladi.

Krunich ayni damda “Milan”da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Agar hammasi ijobiy yakunlansa u klub bilan shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Krunich “Empoli” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 119ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!