
"Milan" tez orada "Shalke" himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi
"Milan" qishki transferlar davrida "Shalke" himoyachisi Ozan Kabakni sotib olish bo‘yicha juda faol ishlar olib bormoqda.
20 yoshli futbolchining agenti Gaetano di Karo mijozining “rossonerilar” safiga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, ushbu transfer taxminan 23-25 mln evro atrofida baholanmoqda.
Kabak joriy mavsum “Shalke” safida 7 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning gelzenkirxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar