"Milan" transferlar uchun katta mablag‘ ajratadi. Asosiy maqsad "Chelsi" futbolchisi

  • 28 mart, 2021, 16:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsum "Skudetto" uchun jiddiy kurash olib borayotgan "Milan" transfer oynasida jamoani yanada kuchaytirishni niyat qilgan.

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri ma’lumotlarini tayanib "Football Italia"ning xabar berishicha, milanliklar yangi olib kelinadigan futbolchilar uchun 100 mln evro ajratmoqchi. Jamoa bu pulga "Chelsi"dan Fikayo Tomorini sotib olishni rejalartirgan.

Angliyalik futbolchi allaqachon "rossonerilar" safida harakat qilmoqda. U ijara asosida yanvar oyida milanliklar safiga "Chelsi"dan kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan vaqt oralig‘ida u 12 ta o‘yinda "Milan" sharafini himoya qilgan. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Tomori 30 iyun kuni Londonga qaytadi.

"Milan" joriy mavsum Italiya A Seriyasida 2-o‘rinda bormoqda. Ular Italiya kubogi va Evropa Ligasini tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!