"Milan" Turin klubidan futbolchi ijaraga oladi

  • 10 yanvar, 2021, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Torino"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Sualio Meyte "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 26 yoshli futbolchini 1 mln evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Shartnomaga ko‘ra, “Milan” yozda uni 9 mln evroga to‘liq sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi.

Meyte joriy mavsum “Torino” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!