"Milan" yana murabbiy almashtirishi mumkin
"RB Leyptsig" klubi sobiq bosh murabbiyi, ayni damda esa "Red Bull" kompaniyasining sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ralf Rangnik yana murabbiylikka qaytishi va faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 61 yoshli germaniyalik mutaxassisga "Milan"dan jiddiy qiziqishlar mavjud. “Rossonerilar” Rangnikka istasa bosh murabbiylik, istasa sport direktori lavozimini taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, mavsum avvalida Rangnikka “Bavariya” hamda “Manchester Yunayted” klublaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar