"Milan" yozda "Arsenal" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 18 may, 2019, 14:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Shkodran Mustafi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Milan" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Rossonerilar” Mustafini 32 yoshli Kristian Sapataga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ma’lumot uchun, Mustafi joriy mavsum “Arsenal” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!