"Milan" yozda "Manchester Siti", "Real" va "Barselona" futbolchilari bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 12 mart, 2021, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga bir qator yulduz futbolchilarni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Calciomercato nashrining yozishicha, "rossonerilar" short-listida "Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaport, "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos va "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino bor.

Koutino "Milan"dan ketish arafasida turgan Xakan Chalxanogluning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Ayni damda Lyaportning transfer narxi 60 million, Sebalosniki 32 million, Koutinoniki esa 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!