"Milan" yozda sotib olishi mumkin bo‘lgan 3 nafar futbolchi ma’lum

  • 17 may, 2019, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati yozda sotib olinishi rejalashtirilayotgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda "rossonerilar" short-listidan "Sassuolo" yarim himoyachisi Stefano Sensi, "Nitstsa" vingeri Allan Sen-Maksimen  va "Yuventus" forvardi Rikkardo Orsolinilar joy olgan. Biroq, agar jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, transfer borasidagi rejalarga ham o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” ortda qolgan 36ta tur yakunlariga ko‘ra 62 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Ularni EChLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rindan bor yo‘g‘i 3 ochko ajratib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!