"Milan"da iste’folar bo‘ladi

  • 28 may, 2019, 08:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo tez orada o‘z lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Gattuzoni iste’foga chiqarishga shaxsan “rossonerilar” bosh direktori Ivan Gazidis qaror qilgan. Ta’kidlash kerakki, undan tashqari shuningdek jamoaning sport direktori Leonardo ham o‘z lavozimidan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” joriy mavsum A Seriyada 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi va EChLga chiqa olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!