"Milan"ga "Arsenal" himoyachisi kerak

  • 10.07.2019 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Krystyan Belik "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Przeglad Sportowy nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” ushbu masala yuzasidan futbolchining agenti bilan ham bog‘lanishgan. Aytish kerakki, 21 yoshli polshalik futbolchining ayni damdagi transfer narxi 2 mln evroga baholanmoqda.

Qayd etish lozimki, Belik uchun "Milan"dan tashqari shuningdek "Derbi Kaunti", "Vest Bromvich", "Midlsbro" va "Brentford" klublari ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Belik “Arsenal” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U shundan buyon "Birmingem", "Uolsoll" va "Charlton" klublariga ijarada yurdi va “kanonirlar”ning asosiy jamoasida bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!