
"Milan"ga qarshi 55 daqiqa o‘ynagan Ronaldu o‘yin haqida fikr bildirdi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldi Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan "Milan" (1:0) ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Qiyin uchrashuv va muhim g‘alaba," - deb yozdi Ronaldu o‘zining "Instagram" sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, bellshuvning 55-daqiqasida turinliklar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Ronalduni almashtirib yuborgan edi va Ronaldu to‘g‘ri kiyinish honasiga yo‘l olgandi.
Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi bahs yakunlanmasidanoq stadionni tark etgan. Bu Krishtianu Ronalduning ketma-ket 2-bor almashtirilishi edi.
Fikrlar