Milanliklar yangi stadion qurilishiga qarshi chiqishmoqda
"Milan" va "Inter" klublari uzoq yillardan buyon o‘z uy o‘yinlarina bitta stadionda - "San-Siro"da o‘tkazib kelayotgani barchaga ma’lum.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu jamoalar "San-Siro"ni buzib tashlab, o‘rniga yangi stadion qurishni rejalashtirishmoqda. Biroq, Milan shahri aholisi yana yangi stadion qurilishiga qarshi chiqishmoqda.
"San-Siro" shunchaki stadion emas, barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan shaharning ramziga ham aylanib qolgan", - deydi siyosiy partiya vakili Petro Tatarella Forza Italia nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, “San-Siro” stadioni 1925 yilda qurilgan. Shundan buyon ushbu arena 2 marta – 1956 va 1989 yillarda rekonstruktsiya qilingan.

Fikrlar