"Milan"ning yangi futbolchisi jarohat oldi
"Milan" klubi himoyachisi Teo Ernandes Xalqaro chempionlar kubogi tijori turniri doirasidan o‘rin olgan "Bavariya"ga (0:1) qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat oldi.
Frantsiyalik futbolchi maydonni zambilda tark etdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u A Seriyaning dastlabki turlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” Ernandesni joriy yozgi transferlar davrida “Real”dan 20 mln evro evaziga sotib oldi.



Fikrlar