Mino Rayola jarimaga tortilishi mumkin
Mashhur agent Mino Rayola soliq sohasida qoidalarni buzganligi uchun jazolanishi mumkin. Il Fatto Quotidiano nashrining taqratgan xabariga ko‘ra, gollandiyalik maxsus xizmat vakillari Rayola mijozlari bilan hamkorlik qilgan kompaniyalarning soliq to‘lovlarini tekshirmoqda.
– Bu mening ishim emas, – deydi Rayolaning o‘zi. – Agar mening o‘yinchilarim qaysidir kompaniyalardan foydalangan bo‘lsa, menga nima aloqasi bor. Men ular uchun hech narsani zimmamga olmaganman.

Fikrlar