
Mirjalol Qosimov: "Birgina xato qimmatga tushishi mumkin"
O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" o‘yini yakuniga etdi. Unda asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa mezbonlar yana ikki gol urib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Olmaliq klubi safida gollarga Sanjar Tursunov, Akrom Komilov va Mirjahon Mirahmadov mualliflik qildi. Mehmonlarning goli Bektemir Abdumannonov nomiga qayd etildi.
Bellashuvdan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov mazkur bahs borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- "Bugun oldimizga qo‘ygan maqsadga erishdik. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ekstra taymlar bo‘lgani ham bunga isbot. Uchrashuvni yaxshi boshlay olmadik. Dastlabki 25 daqiqada o‘yinimiz qovushmadi. O‘ttizinchi daqiqalardan so‘ng o‘yin tizginini qo‘limizga olgan holda, to‘pni nazorat qildik.
- Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik biz tomonda edi. Biroq birgina xato qimmatga tushishi mumkin edi. Shunga qaramasdan, yigitlar oxirgi daqiqagacha kurashdi va kerakli natijalarga erishdi. Biz muxlislar uchun o‘ynaymiz. Barcha muxlislarimizga bizni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytaman. Bundan keyin ham bizga muxlislik qilishlarini so‘rab qolaman.
Manba: AGMK matbuot xizmati
Fikrlar