Mirjalol Qosimov: Bizga omad kulib boqdi
Xabaringiz bor bundan bir necha daqiqalar oldin Superliga bahslarining 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. “Qaldirg‘ochlar”ning g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng maydon egalari ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun derbiga hos o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarim bilan fahrlanaman. Ular oxirigacha qadar kuchayishdi va g‘alaba uchun borini berishdi. Aytishim kerakki bugun har ikkala jamoa ham g‘alabaga haqli edi. Lekin omad bizga kulib boqdi. Muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bunday o‘yinlar odatda juda og‘ir o‘tadi. Bu yil chempionat yangicha formatda o‘tkazilyapti. Shu bois bunga etarli darajada tayyor bo‘lishimiz kerak.
Mavsum oldidan jamoadan ketganlarga omad tilaymiz va shu bilan birga ularning o‘rnini munosib futbolchilar bilan to‘ldiramiz”, - deydi Qosimov.



Fikrlar