
Mirjalol Qosimov: Bu mavsum ko‘proq klub tarbiyalanuvchilariga ishonch bildiramiz
Xabaringiz bor, bugun “Bunyodkor” jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibga yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘zkazdi. Ushbu marosim avvalida jamoa ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Hammani yangi mavsum bilan tabriklayman. Xorij yig‘inlari orqali o‘yinlarimizni to‘grilashga harakat qildik. Hamma joyda muammo bo‘ladi. Shuning uchun biz bunga e’tibor qaratmasdan maydonda muxlislarbop o‘yin ko‘rsatamiz. Katta transferlarga qo‘l urush uchun imkoniyatimiz yo‘q. Bu mavsusda o‘z tarbiyalanuvchilarimizni sinovdan o‘tkazamiz, – deydi Mirjalol Qosimov.
– O‘tgan yili selektsiya ishlarini olib borganmiz. Filipning o‘yini bizga to‘gri keladi. Uning texnikasi yaxshi. Serbiyalik futbolchining o‘yin uslubi ma’qul kelgani uchun uni tarkibga jalb qildik.
– Har bir futbolchini tushunamiz. Futbolchining faoliyati qisqa bo‘ladi. Doston Hamdamov “Bunyodkor”da shakllandi. Uni ketishiga qarshiligimiz yo‘q, lekin “Anji” o‘sha pulni bersa yaxshi. O‘sha pul juda zarur.
– Sardor Rashidovni safga qo‘shib olishimiz borasida to‘xtaladigan bo‘lsam o‘zim u bilan bu borada gaplashmadim. Ammo Murod Aliev gaplashib ko‘rdilar. Biroq Ssardorga bizdan tashqari "Paxtakor"dan ham taklif bo‘lgan. U kutib turdi. "Paxtakor" OChLga chiqa olmagach "Lokomotiv"ni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, "Bunyodkor" o‘z tarkibini o‘tgan mavsumni "Metallurg"da o‘tkazgan Sulaymonov Mirg‘iyoz, Toshmatov Murodjon va "Qo‘qon-1912" sharafini himoya qilgan Filip Raevatslar bilan to‘ldirdi.
Fikrlar