Mirjalol Qosimov: “Bunyodkor” menga begona emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Bugun Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. 2014 yildan beri “qaldirg‘ochlar”ga ustozlik qilib kelayotgan Sergey Lushchan so‘nggi vaqtlardagi jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab o‘z xohishiga ko‘ra, bo‘shash arizasini yozgan.

Uning o‘rnini endilikda 2010-2014 yillarda ushbu klubni boshqargan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov egalladi va tanishtiruv marosimi o‘tkazildi.

mirjalol_qosimov

“Bunyodkor” jamoasi menga begona emas. Shu o‘rinda Sergey Lushchanga ham minnatdorlik bildirib qolaman. Bu futbol, unda har narsa bo‘lishi mumkin. Bu odatiy hol. Oldimizda hal qilinishi kerak bo‘lgan bo‘lgan bir qancha muammolar bor. Birinchi vazifamiz muxlislarni stadionga qaytarish. O‘yinchilar ular uchun futbol o‘ynaydilar. Ularsiz buning qizig‘i yo‘q. Yo‘qotilgan narsalar yo‘qotilib bo‘lindi. Endi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak, – deydi Mirjalol Qosimov.

– Birinchi davra tugagandan so‘ng selektsiya ishlarini olib boramiz. O‘shanda klubga yangiliklar olib kirishimiz mumkin. Ungacha biror o‘zgartirish kiritishning iloji yo‘q. Xato hammada bo‘ladi. Bulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, jamoaning oldingi holatini tiklashga harakat qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, ertaga “Bunyodkor” jamoasi OChL-2017 guruh bosqichi so‘nggi 6-turida BAAning “Al Ayn” bilan bo‘ladigan o‘yinida ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi. O‘yin 8 may kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurilmagani uchun bu bahsda “qaldirg‘ochlar”ga Viktor Karpenko murabbiylik qiladi.

“Bunyodkor” Mirjalol Qosimov boshchiligidagi ilk bahsni Oliy Liga 10-turida safarda “Sho‘rtan”ga qarshi o‘tkazadi. Unga jamoaning murabbiylar shtabida Aleksandr Volkov va Shuhrat Maqsudov yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!