Mirjalol Qosimov nega "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etmadi?

  • 2 aprel, 2021, 23:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan AGMK – “Navbahor” (2:1) o‘yinidan so‘ng, olmaliqliklar murabbiyi Xayrulla Karimov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Kurashlarga boy, ajoyib o‘yin guvohi bo‘ldik. Ikki haftalik tanaffus baribir, o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shunga qaramay, har ikki jamoa jangovar, chiroyli futbol namoyish etdi. O‘yin muxlislarga ham yoqdi, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz biroz qovushmadi, lekin ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirdi va o‘ylagan maqsadimizga erishdik. Bosh murabbiyimizni rahbarlar chaqirib qolishgani sababli, uzr so‘rab, matbuot anjumaniga chiqolmadi. VAR haqida gapiradigan bo‘lsam, penalti belgilangan vaziyatlarda qoidabuzarlik bor ekan, 11 metrli jarima zarbalari belgilandi. Ikkinchi bo‘limda ko‘rgan bo‘lsangiz, “Navbahor” uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildi, chunki ularning safida bo‘yi baland futbolchilar ko‘p edi. Shunga qaramay, yigitlarga rahmat, qo‘llaridan kelgancha harakat qilib, g‘alabaga erishishdi. Fortesda kichik jarohat borligi, qolaversa, o‘yini uncha chiqmaganligi sababli bosh murabbiy uni almashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!