Mirjalol Qosimov: "O‘tkazib yuborgan golimiz bahs so‘ngida intrigani oshirdi"
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – OKMK (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘tgan tur mag‘lub bo‘lgan edik. Qolaversa, davrani chiroyli yakunlash zarur edi va shu bois ushbu bellashuv biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi.
“So‘g‘diyona” ham o‘tgan uchrashuvda “Surxon”ga engilgan va ularga ham g‘alaba kerak edi. Bugun ob-havo kechagiga nisbatan dim bo‘ldi va bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu sabab birinchi bo‘limda temp nisbatan past bo‘ldi.
Ikkinchi taymda qarshi hujumda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ularni golga aylantirishimiz kerak edi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘tkazib yuborgan golimiz bahs so‘ngida intrigani oshirdi. Shunga qaramay, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik”, – dedi Qosimov.
O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar