Mirjalol Qosimov "Qizilqum"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Bugun 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsak-da, u qadar yomon o‘ynamadik, deb o‘ylayman. O‘yinning ilk daqiqalaridan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, birinchi bo‘limda bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Raqib esa xavfli vaziyatlarni samarali yakunlay oldi va yakunda g‘alabaga erishdi.
Ushbu g‘alaba bilan “Qizilqum” jamoasini tabriklayman. Ular bugun 2-raqam ostida o‘ynab ham, qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar