
Mirjalol Qosimov: "Raqiblarning qo‘ygan "avtobus"ini yorib o‘tish qiyin bo‘ldi"
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Surxon" - OKMK bahsi yakuniga etdi. Ushbu bahsda "konchilar" 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Olmaliqliklar tarkibida gollarga Rustamov, Gadoev va G‘iyosov mualliflik qildi. "Surxon"ning yagona goli legioner futbolchi Nimeli nomiga qayd etildi.
OKMK ustozi Mirjalol Qosimov o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
-O‘zbekiston chempionati boshlangani bilan barcha muxlislarini tabriklayman.
- "Surxon" jamoasini qarshi hujum va standart vaziyatlarga ko‘proq e’tibor berishini bilardik va o‘ylaganimizdek bo‘lib chiqdi.
- Birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubordik va o‘zimizni qiyin vaziyatga solib qo‘ydik. Biroq xotirjamlik bilan bahsni davom ettirdik va bu o‘z samarasini berdi.
Raqiblarning qo‘ygan "avtobus"ini yorib o‘tish qiyin bo‘ldi.
- Ikkinchi bo‘limda xavfli hujum qildik, tezroq o‘ynadik, ko‘proq imkoniyat yaratdik va bundan foydalana oldik.
Bu o‘yin tarixga kirdi va keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Mart oyi hali chempionat boshi hisoblanadi va hamma futbolchi ham to‘liq formada emas.
- Oxirgi rasmiy o‘yinimiz adashmasam 12 noyabrda bo‘lgandi va shundan keyin ancha muddat utdi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Xotirjamlikka berilish bu eng katta xato, hattoki g‘alaba qozonayotgan paytingizda ham.
Fikrlar