
Mirjalol Qosimov: "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin og‘ir kechdi
PEPSI Superliga 11-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Bunyodkor” klubini qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan so‘ng “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Rustam Ashurmatovlar matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Oxirgi turlarda juda qiyin o‘yinlarni o‘tkazdik. “Nasaf”ga qarshi bahsda juda ko‘p kuch yo‘qotdik. Qisqa muddat ichida “So‘g‘diyona”ga qarshi tayyorgarlik olib borish va shu bilan birga futbolchilarni ruxan tayyorlash zarur edi. O‘yin og‘ir kechdi. Raqiblar qarshi xujum taktikasini tanladi va besh himoyachi bilan o‘ynadi. Bu esa bizga qiyinchilik tug‘dirdi. 11 kishini yorib kirish oson emas. Futbolchilar maydonda yaxshi harakat qilishdi va 2 ta gol kiritib o‘ylaymanki xaqli g‘alabaga erishdik", - deb aytib o‘tdi Mirjalol Qo‘shoqovich.
Rustamjon Ashurmatov: Hamma uchrashuvlar ham qiyin kechmoqda. Sergey Ivanovich jamoani yaxshi shakllantirgan. Raqiblar bizga qarshi juda yaxshi harakat qilishdi. Biz ham bo‘sh kelmadik va o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishdik.
Fikrlar