Mirjalol Qosimov: "Surxon"ga ham tan berish kerak

  • 7 may, 2021, 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “Surxon” – AGMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- OChLdan keyin uzoq yo‘l bosib keldik, qolaversa, o‘yin kuni reys bo‘lgani uchun Termizga ertalab azonda uchib keldik. Ko‘pchilik futbolchilar saharlikka turib, dam olmagandi. Termizga kelib 2 soatcha dam olishdi. Futbol o‘ynaganlar yaxshi biladi, muhim musobaqadan keyingi birinchi bahs doim og‘ir kechadi.

Shunga qaramay, futbolchilarim har jabhada yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda tashabbus biz tomonda bo‘ldi, gol urdik, Kasyanda yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. "Surxon"ga ham tan berish kerak, ular oxirgacha kurashishdi. Menimcha so‘nggi soniyaga qadar muxlislarni hayajonda ushlab turishdi. O‘ylaymanki bugun haqli tarzda g‘alabaga erishdik.

AGMK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!