Misr - Urugvay. Onlayn translyatsiya (foto, video)

  • 15 iyun, 2018, 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18:55. O‘yin tugadi. Misr - Urugvay 0:1.

Tecno

18:53. Suaresga qarshi qo‘pollik ishlatgan misrlik futbolchi hakam tomonidan ogohlantirildi.

18:52. Misr bor e’tiborini hujumga qaratdi. 

18:48. Xose Ximenez qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan to‘ppa-to‘g‘ri Misr terma jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Hisob 1:0.

18:47. Kavanidan bu safar ham omad yuz o‘girdi. Uning yo‘llagan to‘pi darvoza ustuniga borib tegdi. Misrliklarga bu vaziyatda omad kulib boqdi.

18:45. Hakam shundoqqina jarima maydonchasi yonida Misr terma jamoasi darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi.

18:42. Kavaniii...zarbaaa. Misr terma jamoasi darvozaboniga qoyil. Fantastik seyv.

18:41. Misr terma jamoasi tarkibida yana bir o‘zgarish yuz berdi.

18:41. Xavfli vaziyat!!! Misrliklar yana bir qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berishdi.

18:39. Misrliklar biroz tempni oshirishdi. Urugvay jarima maydoni atrofida xavfli vaziyatlar ortmoqda.

18:36. Diego Godin qanotdan oshirilgan to‘pga o‘z vaqtida etib kela olmadi va qulay imkoniyat qo‘ldan boy berildi.

18:32. Endi esa Suares birga-bir vaziyatga chiqib bordi...qoyil. Misrlik darvozabon ham o‘zini ko‘rsata oldi.

18:31. Zarbaaa. Misr terma jamoasi a’zosi uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Ammo, Fernando Muslera urugvayliklarni muqarrar goldan qutqarib qoldi.

18:30. Hozir goh u darvozada, goh bu darvozada xavfli vaziyatlar paydo bo‘lmoqda.

18:27. Kavanining tepgan to‘pi jamoadoshiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Aks holda...

18:24. Rossiyaga kela olmagan misrliklar ayni damda Urugvayga qarshi bahsni mana shunday tomosha qilishmoqda.

18:21. Misrliklar tarkibida ham o‘zgarish yuz berdi. Ektor Kuper maydondagi yagona hujumchi o‘rniga hujumchi tushirdi.

18:19. Urugvay borgan sari bosimni oshirmoqda.

18:14.Urugvay terma jamoasi safida o‘zgarish yuz berdi. Oskar Tabares ketma-ket 2ta futbolchini almashtirdi.

18:10. Misrliklar raqib jarima maydonida paydo bo‘lishdi.

18:05. Xavfli vaziyat...yana Suares va yana noaniq zarba 

18:04. Kyupers ikkinchi bo‘limga start berdi.

17:47. Gollandiyalik hakam o‘yinning birinchi bo‘limi yakunlangani haqidagi hushtagini chaldi. Tanaffus!

17:46. Raqib futbolchilari Luis Suaresga umuman imkon berishmayapti.

17:44. Misr terma jamoasi qarshi hujumda yaxshi vaziyatni qo‘ldan boy berdi.

17:39. Misrliklar darvozasi oldida toboro xavfli hujumlar ortmoqda.

17:36. Urugvay terma jamoasi raqib jarima maydonchasida bir qator vaziyatlar yaratmoqda. Ammo, misrlik himoyachilar xatoga yo‘l qo‘yishmayapti.

17:33. Jarima zarbasi. To‘p oldida Luis Suares. Biroq, to‘p jonli devorga borib tegdi.

17:28. Jamoalar o‘yin avvalidan ko‘ra biroz jonlanishgandek.

17:23. Xavfli vaziyat!!! Suares..sal qolsa Misr terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘yar edi.

17:12. Hozircha misrlik futbolchilar Kavani va Suares juftligiga imkon berishmayapti.

17:16. Biroz zerikarli o‘yin guvohi bo‘lyapmiz...

17:12. Hozircha har ikkala terma jamoa a’zolari ham ehtiyotkorlik bilan o‘ynashmoqda.

17:07. "Ekaterinburg Arena"da bo‘sh o‘rindiqlar borligi ko‘rinib turibdi.

17:07. "Ekaterinburg Arena"da bo‘sh o‘rindiqlar borligi ko‘rinib turibdi.

 

17:04. Misrliklar o‘yinni hujumkor ruhda boshlashdi.

17:00. Born Kuypers uchrashuvga start berdi.

16:55. "Ekaterinburg Arena"da har ikkala mamlakat madhiyalari yangramoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!