
Misrga qarshi bahsda termamiz favoritmi? Qaysi terma jamoaning transfer qiymati yuqori?
Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Parij-2024" 2-turi doirasida Misrga qarshi maydonga chiqadi. Ilk turda Ispaniya bilan ancha ishonchli o‘ynab, mag‘lubiyatga uchragan vakillarimizni bugun suv va havodek muhim bellashuv kutib turibdi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining kuchi va imkoniyatlarini hammamiz yaxshi bilamiz. Biroq tarkibga yangi qo‘shilgan tajribali futbolchilar hamda umuman boshqa muhitda ular o‘zlarini qanday his qilishi muhim.
Eldor Shomurodov ilk turdagi bellashuvda gol urdi va uning hozirgi tarkibda borligi jamoa uchun katta ustunlik berishi kerak. Shuningdek, Aliqulov ham himoyadagi ishonchli harakatlari bilan "Qizil Furiya"ga qarshi bahsda ko‘zga tashlandi. Biroq Oston O‘runov Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidagi kabi biroz ishonchsizroq harakat qilgani ko‘pchilik tomonidan ta’kidlandi. Shunday bo‘lsa-da, u hali Temur Kapadze jamoasida o‘zini ko‘rsata olishiga ishonamiz.
Misr biz uchun notanish emas. Bundan bir yil avval Aniqrog‘i, 16 noyabrda vakillarimiz ushbu termani o‘z maydonida qabul qilgan. Unda kutilmaganda termamiz 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. O‘sha o‘yinda Adilov 27-daqiqada hisobni ochgan. Biroq 73 va hamda 90-daqiqalarda Mazhar hamda Farang tomonidan kiritilgan gollar evaziga afrikaliklar g‘alabani ilib ketgandi. O‘sha bellashuvda asosiy tarkiblar quyidagicha edi:
Guruhdagi holat:
Tarkibimizdagi yo‘qotishlar: O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida jarohat olganlar yo‘q. Biroq Ibrohimhalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra, Toshkentga qaytishga majbur bo‘lgan.
Taxminiy tarkib:
Darvozabon: Abduvohid Ne’matov;
Himoyachilar: Zafarmurod Abdirahmatov, Abduqodir Husanov, Husniddin Aliqulov, Muhammadqodir Hamraliev;
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riev, Jasur Jaloliddinov, Umarali Rahmonaliev;
Hujumchilar: Abbosbek Fayzullaev, Oston O‘runov, Eldor Shomurodov.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Misrga qarshi bahsda termamiz favorit. Ko‘rsatayotgan o‘yinimiz va potentsial tomondan vakillarimiz afrikalik tengdoshlaridan ustun. Hatto "Transfermarkt" portali talqiniga ko‘ra, vakillarimizning transfer qiymati 27,15 mililon evroni tashkil etsa, misrliklarniki 6,25'ni tashkil etadi.
Fikrlar