“Misrlik qirol”: Saloh 1 yilda 34 ta sovringa ega chiqdi. Bu hali hammasi emas!

  • 14 may, 2018, 15:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Liverpul” jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsumda bir qator rekordlarni yangilash bilan bir qatorda ko‘plab shaxsiy sovrinlarga ega bo‘ldi. Quyida uning qisqa muddat ichida erishgan yutuqlariga nazar tashlaymiz.

EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi – 3 marta

Muhamma Saloh 2017/18 yilgi EChL mavsumida 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Buning evaziga u 3 marta turnirning haftadagi eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. Birinchisi “Maribor”ga qarshi (7:0) guruh bosqichida, qolgan ikkitasi “Manchester Siti” (3:0) va “Roma”ga qarshi (5:2) o‘yinlanda.

EChLda haftaning eng chiroyli goli – 2 marta

Saloh shunchaki “qotil-hujumchi” emas, u san’at yaratuvchisidir. Misrlik futbolchi bitta sovrinni “Siti” darvozasiga, ikkinchisini o‘z maydonida “Roma” darvozasiga kiritgani uchun olgan.

APLda oyning eng yaxshi futbolchisi – 3 marta  

Noyabr, fevral va mart. Bungacha hali hech qaysi futbolchi bir mavsumda eng yaxshi futbolchi uchun sovrinni 3 marta qo‘lga kirita olmagan.

“Liverpul”da oyning eng yaxshi futbolchisi – 7 marta

Bu shunchaki kulguli. Aslida ovoz bermasa ham bo‘lardi.

“Liverpul”da oyning eng chiroyli goli muallifi – 6 marta

Shuddi shu holat. Suratda – dekabr oyidagi Mersisayd derbisidan (1:1) lavha. Salohdan zargarona zarba va shunchaki chiroyli gol.

Ushbu go‘zal golning videosini ham tomosha qiling. 

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha oyning eng yaxshisi – 4 marta

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha yilning eng yaxshisi

Muhammad Salohgacha mazkur sovringa Ngolo Kante (2016/17), Riyod Mahrez (2015/16), Eden Azar (2014/15) va Luis Suares (2013/14) ega chiqqandi.

“Liverpul” muxlislari talqiniga ko‘ra yil futbolchisi

“Liverpul” futbolchilari talqiniga ko‘ra yil futbolchisi

Barcha turnirlarda 44 ta gol va 16 ta golli uzatma – boshqa variantlar bo‘lishi mumkinmidi?

Afrika qit’asining eng yaxshi futbolchisi

Uni bejizga “Misr qiroli” deb atashmaydi. Misr JCh–2018 ga olib chiqqan Saloh o‘z vatanida haqiqiy qahramonga aylanib ulgurgan. Muhammad Saloh so‘nggi 34 yil ichida Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan birinchi misrlik sifatida qayd etildi.

Jurnalistlar talqini bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi

Saloh mazmunli o‘yini orqali jurnalistlar va OAV vakillari uchun eng yaxshi sarlavhalar berishda ko‘maklashgan.

BBC talqini bo‘yicha Afrikaning eng yaxshi futbolchisi

Yana bir mintaqaviy miqyosdagi sovrinlardan biri.

APLda yil futbolchisi

Mazkur sovrin FIFA 18 – EA Sports o‘yin ishlab chiqaruvchilari hamkorligida taqdim etilgan. U qiyinchiliksiz “Manchester Siti” a’zosi Kevin De Bryuyneni ortda qoldirdi.

Yilning eng yaxshi arab futbolchisi

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra ramziy termaga kiritildi

APLning eng yaxshi to‘purari

32 gol – bungacha APLda bir mavsumda hech kim buncha ko‘p gol urmagan. Saloh afsonaviy Alan Shirer, Krishtianu Ronaldu va Luis Suaresni ortda qoldirdi – ularning barchasi mavsum davomida 31 ta gol urishgan.

Muhammad Saloh APLning 17 jamoasiga gol urish uddasidan chiqdi – hech qaysi futbolchi bir mavsumda buncha ko‘p klubga gol ura olmagan.

Muhammad Saloh EChL finalida hamda JCh–2018 turnirida ishtirok etishini inobatga olsak, uning shaxsiy sovrinlari yanada ko‘payishi mumkin.

Sports.ru nashri materiali asosida tayyorlandi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!