MLSda ajoyib mavsum o‘tkazgan APLning sobiq futbolchilari

  • 7 dekabr, 2019, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Major League Soccer  – judayam mashhur liga emas, lekin bu erda juda mashhur yulduzlar to‘p suradi. Keling, siz bilan hozirda MLSda o‘ynayotgan APLning sobiq futbolchilari haqida gaplashamiz.

Nani

“Manchester Yunayted”dan keyin Nani qaerlarda o‘ynamadi… “Sporting”, “Fenerbaxche”, “Valensiya”, “Latsio” va yana “Sporting”. Fevral oyida “Orlando Siti” bilan shartnoma imzoladi. AQShga u juda tez moslashib ketdi. 12 ta gol va 10 ta golli uzatma. U “Orlando” safidagi ikkala ko‘rsatkichni ham 10 likdan oshirgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Karlos Vela

33 ta o‘yin. 36 ta gol. 15 ta golli uzatma. “Los-Anjeles” futbolchisi hozir MLSning asosiy yulduzi hisoblanadi. “Arsenal” uni qo‘yib yuborganiga afsuslanayotgani, tabiiy.

Zlatan Ibrahimovich

Veladan keyin, ikkinchi to‘purar bo‘lgan Zlatan hisobida 31 ta o‘yinda 31 ta gol mavjud. Umumiy hisobda esa Ibra 58 ta o‘yinda 53 ta gol urdi. Zlatan bir intervyusida: “Menimcha, MLS tarixidagi eng yaxshi futbolchi o‘zim bo‘lsam kerak. Hazillashmayapman. Siz men kelganimdan keyin MLSni ko‘rdingizmi?” Lekin MVP mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb Zlatanni emas, Velani tanladi.

Hozirda Ibra MLSdan ketish haqida o‘ylayapti. Unga Evropadan ham takliflar bo‘lyapti. “Boka Xuniors” ham Zlatanni o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida.Qaysi variantni tanlashni esa Ibraning o‘zi hal qiladi.

Karles Xil

APLning unutilib ketgan yulduzi. Xil o‘sha 2016-yil Chempionshipga tushib ketgan daxshatli “Aston Villa” tarkibida edi. Keyin Karles “Deportivo”da o‘ynadi, 2019-yilda esa “Nyu-Inglend Revolyushn” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi Amerika klubi safida 10 ta gol va 14 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Muxlislar ovoziga ko‘ra “ Nyu-Inglend Revolyushn ” jamoasining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

“U – juda ajoyib natijaga ega bo‘ldi. Unga ko‘pchilik ovoz berdi. Hattoki, eng yaqib raqobatchilari ham undan ancha orqada edi. U juda yuksak iqtidor egasi va u jamoamizda ekanidan xursandman” – deydi bosh murabbiy Bryus Arena.

Ueyn Runi

“Di Si Yunayted”dagi omadli o‘tgan ilk mavsumidan so‘ng Runi MLSning haqiqiy yulduziga aylagandi. Lekin AQShda ko‘p ushlanib qolmadi, 2020-yilda “Derbi Kaunti” safiga borib qo‘shiladi.

Runining kelishi, “Di Si Yunayted”da haqiqiy revolyutsiyani yuzaga keltirdi. 11 gol va 8 ta golli uzatma. Hatto, Devid Bekxem va Sebastyan Jovinko ham bunchalik obro‘ga ega bo‘lmagan edi.

Joze Altidor

Angliya muxlislari, ayniqsa, “Sanderlend” ishqibolari Jozeni hech qachon unutishmaydi. U Amerikada o‘ynaganidek o‘ynamasdi Angliyada. U 22 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 5 marta jamoadoshlari gol urishiga ko‘maklashdi.

Sebastyan Blanko

2014-yilda Blanko “Vest Bromvich”da to‘p surgan. Umumiy hisobda 36 daqiqa.

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi “Portlend Timbers”da o‘z o‘rnini topdi. 2017-yilda bu jamoa bilan shartnoma imzolagan Blanko “Portlend”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u o‘z hisobiga 11 ta aniq uzatmalarni yozdirib qo‘ydi. 2019-yilda esa o‘tgan mavsumdagi natijasini takrorladi va hali mavsum davom etadi.

Bred Smit

“Bornmut”dan ijaraga olingan Bred “Sietl Saunders” jamoasida to‘p suryapti. Chap qanot himoyachisi 6 ta goll uzatmani amalga oshirgan. Hozirda “Sietl Saunders” rahbariyati uni to‘liq sotib olish haqida o‘ylayapti.

“U juda yaxshi futbolchi, biz shunday o‘yin ko‘rsatamizki, himoyachilarimiz ham oldinga borishi mumkin. Bred raqibga bosim o‘tkazib turadigan futbolchilardan biri. Undagi iqtidor, tezlik, to‘p oshirishlar… u bilan gol uramiz va xavfli hujumlarni tashkillashtiramiz” – deydi jamoa vitse-prezidenti Kris Xenderson

Vito Mannone

Uning nomi “Arsenal”, “Barnsli”, “Xall Siti” va “Sanderlend” muxlislariga yaxshi tanish. Mannone tajribali darvozabon. Hozirda “Minnesota Yunayted” a’zosi hisoblanadi.

Mannone bilan birga “Minnesota” Lamar Xant nomidagi AQSh Ochiq Kubogi finaliga chiqdi. Ammo finalda “Atlanta Yunayted”ga mag‘lub bo‘ldi.

Emerson Xayndman

“Bornmut”ning yana bir futbolchisi emerson Angliyaga 2011-yilda kelgan edi. O‘shanda “Fulxem” uni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Hozirda “Atlanta Yunayted” futbolchisi bo‘lgan emerson Amerikada ijarada o‘ynayapti. Balki mavsum so‘ngida “Atlanta” uni to‘liq sotib olar.

14 o‘yinda Xayndman 3 tagolga assistentlik qildi va 1 ta gol urdi. “Men terma jamoaga qaytishni istayman. Murabbiyni hayron qoldirib, o‘zimni ko‘rsatmoqchiman. Buning uchun esa o‘z ustimda tinmay ishlashim kerak” – deydi Xayndman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!