MMA bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

  • 20.08.2022 21:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berib o‘tganimizdek, BAAning Abu-Dabi shahri MMA bo‘yicha 12-13, 14-15 hamda 16-17 yoshli sportchilar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qildi. 17-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Quyida, g‘olib va sovrindorlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.

12-13 yoshli sportchilar:

40 kg: Ravshanov Behruzbek – kumush,

40 kg: Toshpo‘latov Mehrojbek – bronza,

32 kg: Bahromov Bexruzbek – bronza,

52 kg: Sobirjonov Bahodir – bronza.

14-15 yoshli sportchilar:

- 44 kg: Xodjimiyarov Muhammadali – oltin,

- 77.1 kg: Abdusattorov Abdullaziz – oltin,

- 77.1 kg: Nosirjonov Hojiakbar – kumush,

- 36 kg: Botirov Ibrohimjon – bronza,

- 52 kg: Mirsaidov Mirjalol – bronza.

16-17 yoshli sportchilar:

- 61.2 kg: Hasanov Anvarjon – oltin,

- 70.3 kg: Ziyadinov Amirxon – oltin,

-120.2 kg: Abdullaev Nurulloxon – oltin,

- 83.9 kg: Sotvoldiev Nozimjon - 3 bronza.

Jami: 5 ta Oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jaxon chempionatida 42 ta mamlakatdan 479 ta sportchi ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!