MMA bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasidan 18 ta medal!

  • 31 oktabr, 2022, 09:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan, MMA bo‘yicha Osiyo chempionati ham o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

18-20 yoshlilar va kattalar o‘rtasida tashkil etilgan, ushbu qit’a birinchiligida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 6 ta kumush hamda 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Quyida, Osiyo chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan, sportchilarimiz bilan tanishing!

Oltin medal:

Og‘ir vazn (120,2 kg)

Asrorbek Anvarjonov.

Engil vazn (70,3 kg, Qizlar)

O‘g‘iloy Jumanova .

 

Kumush medal:

Yarim engil vazn (65,8 kg)

Shukurjon Rustamov.

O‘ta engil vazn ( 61,2 kg)

Zebiniso Otaqulova.

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg)

Shahriyor Mamatqulov.

Yarim og‘ir vazn ( 93 kg)

Musin Mo‘minjonov.

Engil vazn (70,3 kg)

Husenjon Isomiddinov.

Og‘ir vazn (120,2 kg) 

Shohjaxon To‘raqulov.

 

Bronza: 

Minimal vazn 52,2 kg:

Xojiakbar Kamolov,

Minimal vazn 52,2 kg:

Radjabova Sabrina,

Super engil vazn (56,7 kg):

Muhammadsiddiq Yuldashev,

Yarim engil vazn (65, 8 kg):

Zafar Rashidov,

O‘rta engil vazn (61,2 kg):

Shohruh Ziyodov,

Yarim og‘ir vazn (93 kg):

Amirxon Qudratillaev,

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg ):

Munis Mo‘minjonov,

Og‘ir vazn (120,2 kg):

Lazizbek Abdusalimov,

Yarim og‘ir vazn (93 kg):

Ochilov Bexruz:

Super og‘ir vazn (+120,2 kg)

Shuhrat Shukrulloev.

Shu tariqa qit’a birinchiligida medallar shodasini qo‘lga kiritgan vakillarimiz 18-20 yosh toifasida umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan o‘rin olgan bo‘lsa, kattalar 4- pog‘onani band etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!