MMA bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari kuch sinashadi. O‘zbekiston tarkibi bilan tanishing!

  • 23 avgust, 2021, 20:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

24 avgust kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Mustaqillik bayrami” munosabati bilan MMA bo‘yicha O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoasi o‘rtasida o‘ziga xos turnir tashkil qilinadi.

Tecno

Mazkur terma jamoa yurtimiz miqiyosidagi O‘zbekiston chempionati va kubogida, shuningdek qator xalqaro turnirlarda o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan yosh iqtidorlar orasidan shakllantirilgan.

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, janglar IMAAF qonun-qoidalari asosida bo‘lib o‘tadi va hamyurtimiz Otabek Musaev turnirning bosh hakami sifatida faoliyat olib boradi.  Shuningdek, Husan Ergashev, Botir Rahmonov, Dadaxon Hasanov ham hakamlar tarkibidan o‘rin olgan.

Turnirda 10 ta vazn toifasida janglar o‘tkaziladi. Quyida, Qirg‘iziston vakillariga qarshi oktagonga ko‘tariladigan O‘zbekiston terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin!

52.2 kg

Humoyun Zokirov (Navoi) - 2020yilgi MMA bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olibi,

56.7 kg

Behruz Isroilov (Toshkent) - 2020 yilgi O‘zbekiston chempionati finalchisi, 

61,2 kg

Husniddin Sattorov (Jizzax) - 2020 yilgi O‘zbekiston chempionati g‘olibi,

65.8 kg

Shukurjon Rustamov (Andijon) - 2020 yilgi O‘zbekiston chempionati finalchisi,

70.3 kg

Behruz Akbarov (Toshkent) - 2020 yilgi O‘zbekiston chempionati va kubogi g‘olibi,

77.1 kg

Munis Mo‘minjonov (Samarqand) -  2020 yilgi O‘zbekiston kubogi chempioni

83.9 kg 

Islom Boltaev (Toshkent) - 2020 yilgi O‘zbekiston chempionati g‘olibi,

93 kg

Ilyos Komilov (Toshkent) -2020 yilgi O‘zbekiston chempionati g‘olibi,

120.2 kg

Fayzullo Muhammadov (Andijon) - 2020 yilgi O‘zbekiston chempionati g‘olibi,

+120,2 kg

Ixtiyorbek Xolmurodov (Toshkent viloyati) - 2020 yilgi O‘zbekiston kubogi chempioni. 

Murabbiy: Laersio de Lima (Braziliya).

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!