MMA jangchilari mashhur bo‘lganidan so‘ng ayoli bilan nega ajrashadi?

  • 20.05.2026 18:52
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC rahbari Dana Uayt ba'zi jangchilar mashhur bo‘lganidan keyin nima uchun ajrashishini tushuntirdi.

"Tasavvur qiling, oktagonga chiqasiz, 22 ming odam sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Jangdan so‘ng ham hamma siz bilan suratga tushish va dastxat olishga yuguradi... Keyin esa uyga, haqiqiy hayotga qaytasiz. Sizning 2-3 ta farzandingiz bor, xotiningiz esa sizga: "Chiqindini olib chiqing" deydi... Barchasi shu yerda o‘zgaradi. Endi hayotingizning har bir jabhasi ego aralashishni boshlaydi va qarabsizki, ajrashgan oilalar soni yana bitta ko‘payadi", - dedi UFC prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, UFC chempioni Iliya Topuriya bu yil ayoli bilan ajrashganini e'lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!