
Modrich: Tezroq chempionat boshlanib, futbol o‘ynashni xohlayman
"Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich tezroq chempionatni boshlab, futbol o‘ynashni xohlashini aytib o‘tdi. Bu haqda marca nashri xabar berdi.
- Biz mashg‘ulotlarga kirishdik. Endi tezroq chempionat boshlanib, futbol o‘ynashni xohlayman. To‘g‘ri, bu oson emas. Chunki bunday paytda sog‘lik birinchi o‘rinda turadi. Afsuski, La Liga bahslariga ruxsat berilsa ham stadionlarda muxlislar bo‘lmaydi. Lekin ularni ekran qarshisida bizni qo‘llab turishlarini his qilamiz, - dedi Luka Modrich.
Zinedin Zidan boshchiligidagi "qirollik klubi" kecha jamoa bazasiga to‘plandi va niqob taqib, oraliq masofa saqlagan holda mashg‘ulotlarga kirishdi.
Fikrlar