Modrich "Real"da qoladi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich o‘zining kelajak faoliyati borasida yakuniy qarorga keldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi garchi "Milan"dan jiddiy taklif bo‘layotganiga qaramay, “qirollik klubi”da qoladi.
Ma’lumot uchun, amaldagi “Oltin to‘p” sohibi hisoblangan Modrich o‘tgan mavsum “Real” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomas 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar