Modrich: Ushbu "Oltin to‘p"ni unga munosib bo‘lgan, ammo qo‘lga kirita olmagan barcha futbolchilarga bag‘ishlayman

  • 4 dekabr, 2018, 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan “Real” Madrid klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich ushbu mukofotni uni qo‘lga kirita olmagan barcha futborlchilarga bag‘ishlaganini aytdi.

Tecno

“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilar oz emas. Masalan Xavi, Andres Inesta, Uesli Sneyder...Mening “Oltin to‘p”im esa unga munosib bo‘lgan, ammo qo‘lga kirita olmagan barcha futbolchilar uchun”, - deydi 33 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Modrichgacha ushbu mukofotni 10 yil davomida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hech kimga bermay kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!