Sifatli oʻyinda golsiz durang yoxud "Andijon"ning "Zarya"ga qarshi oʻyini haqida

  • 06.02.2026 00:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Andijon jamoasi Antaliyadagi yig‘ini doirasida Ukrainaning nomdor va tajribali “Zarya” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Hisob tablasida gollar bo‘lmaganiga qaramay, maydonda andijonliklar tomonidan juda yaxshi va ishonchli o‘yin namoyish etildi. Uchrashuv davomida Samvel Babayan boshchiligidagi futbolchilar to‘pni nazorat qilish, hujumlarni oqilona qurish va xavfli vaziyatlar yaratishda faol bo‘lishdi. Ayniqsa, ikkala bo‘limda ham bir necha bor raqib darvozasi oldida real golli imkoniyatlar yuzaga keldi.

"Andijon" himoyada ham intizomli harakat qildi, raqibning bosimlariga qarshi bardoshli o‘yin ko‘rsatdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu bellashuv "Andijon"ning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy o‘yini va taktik jihatdan o‘sib borayotganini yaqqol ko‘rsatdi. Eng muhimi, jamoa maydonda o‘z uslubini topib borayotgani va har bir o‘yinda yanada ishonchli ko‘rinishga ega bo‘layotgani sezildi.

Ushbu uchrashuv natijasi — faqat hisob emas, balki jamoaning kelajakdagi rasmiy o‘yinlar oldidan tayyorligi va ruhiy holatining yaxshi ekanini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichdir. "Andijon" muxlislariga umid va ishonch ulashgan ushbu o‘yin kelgusi bellashuvlarda yanada yaxshi natijalar uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.

“Andijon” - “Zarya” (Ukraina) - 0:0).

5 fevral. Antalya. “Susesi sport markazi” stadioni.

Bosh hakam: Robertas Shmitas.

Yordamchi hakamlar: Vitantis Kazlauskas, Aivaras Lukoshus.

Zaxira hakami: Egidius Amsheus (barchasi - Litvadаn)

“Andijon”: Rahimjon Davronov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Odil Abdumajidov, Nemanya Chalasan, Mahmud Mahamajonov, Aleksandr Andronikashvili, Jamshid Boltaboev, Xumoyunmirzo Iminov, Usmonali Ismonaliev, Doniyor Abdumannopov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Damir Temirov, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Kristian Novak, Abbos Abdugafforov.

“Zarya”: Oleksandr Saputin, Jordаn, Gabriel Eskinya, Roman Vantux, Deyan Popara, Artyom Slesar, Pilip Budkivskiy, Malyash Navin, Verley Reynaldino, Bogdan Kushnirenko, Nemanya Andyusich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!