
Modrichning rejalari haqida. U "Real"da qolmoqchi emas
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich 2023 yilda erkin agentga aylanadi. Klub esa futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishmadi.
"El Nacional" nashri berayotgan xabarlarga ko‘ra, Modrich kelasi mavsumni sobiq klubi "Tottenxem"da o‘tkazishni xohlaydi. Bilasiz, u 2008-2012 yillar oralig‘ida "shporlar" sharafini himoya qilgan.
Unga MLSning ikki klubidan taklif kelgan, lekin xorvatiyalik ushbu jamoalarga rad javobini bergan. Uning maqsadi Angliyaga qaytish.
Qayd etish lozim, 37 yoshli xavbek joriy mavsum La Liga doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 2 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar