Mojaro davom etyapti. Messi Bartomeu bilan gaplashmay qo‘ygan

  • 18 sentabr, 2020, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni tark eta olmagan Lionel Messi o‘zining ketishiga qarshilik qilgan klub prezidenti Jozep Bartomeu bilan gaplashmay qo‘ygan, deb xabar tarqatmoqda Mundo Deportivo nashri.

Tecno

Argentinalik hujumchi Kataloniyada qolishini e’lon qilganiga 15 kundan o‘tgan bo‘lsa ham, hali biror marta Bartomeu bilan gaplashmadi.

Lionel Messi Bartomeu o‘ziga nisbatan nomardlik qilganini ta’kidlagan edi. Mavsum davomida ketish masalasini futbolchining o‘zi hal qilishini aytgan amaldor, yakunda o‘z so‘zidan qaytgandi.

Messi masalasi bo‘yicha so‘nggi xabarlarda Bartomeu hujumchining maoshini kamaytirish bo‘yicha muzokaraga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilgandi. Demak, tomonlarning ilk uchrashuvi va suhbati Messiga yoqmaydigan mavzuda bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!