
"Mo‘jiza ro‘y bermasa, Eden uchun Evropa chempionati yakunlandi"
Evropa chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Belgiya - Portugaliya uchrashuvida "qizil iblislar" 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ammo jamoa yulduzi Eden Azar jarohat oldi va 87-daqiqada zaxiraga olindi.
Edenning klub va termadagi jamoadoshi Tibo Kurtua uning holati haqida gapirdi: "Azarning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmayman. Biroq u kamida 10 kun harakat qilmasligi lozim. Mo‘jiza ro‘y bermasa, Eden uchun Evropa chempionati yakunlandi", - dedi Kurtua.
Ispaniya chempionati o‘tgan mavsumida "Real" yarim himoyachisi 6 bor jarohat oldi va atigi 21 uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarda u 4 gol urib, bitta assistga erishdi. Umumiy maydondagi daqiqalari esa 886 ni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Belgiya yarim final yo‘llanmasi uchun Italiya qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar