
Moliyaviy sabablar tufayli bu futbolchi "Yuventus"ni tark etishi mumkin
"Yuventus"ning hujumkor yarim himoyachisi Federiko Keza yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Italiyalik futbolchi moliyaviy muammolari tufayli “Yuventus”dan ketishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, unga Angliya va Ispaniya jamoalari qiziqishlar mavjud. Lekin aynan qaysi jamoalar unga xaridor ekanligi haqida ma’lumot berilmagan.
Keza 25 yoshli futbolchi joriy mavsum “Yuventus” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar