
"Monako" 3 ta o‘yinda 10 ta gol o‘tkazib yubordi
"Monako" Liga 1 ning 21-turida "Strasburg" (1:3) ga qarshi uchrashuvda 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, Robert Moreno shogirdlari so‘nggi 3 ta bahsda o‘tkazib yuborgan gollari soni 10 tani tashkil etmoqda. Bundan oldin, monakoliklar PSJga qarshi kechgan ikkita uchrashuvda o‘z darvozasidan 7 ta to‘p olib chiqqan edi (3:3 va 1:4).
Ma’lumot uchun, "monegasklar" Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 21 ta turdan keyin, umumiy 36 ta gol o‘tkazib yubordi. Faqatgina, "Amen" (41 ta) va "Tuluza" (44 ta) "Monako"dan ko‘proq gol o‘tkazib yuborishgan.
Fikrlar