"Monako" Falkao o‘rniga Starrijni olib kelmoqchi

  • 16.08.2019 22:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi tez orada "Galatasaroy"ga ko‘chib o‘tishi aytilayotgan hujumchi Radamel Falkao o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar kolumbiyalik futbolchi jamoani tark etsa, monakoliklar "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Deniel Starrij bilan shartnoma imzolashga urunib ko‘rishadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda erkin agent hisoblangan Starrij bundan avvalroq turk klubiga o‘tishga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!