"Monako" futbolchisi "Liverpul" va "Siti" nishoniga aylandi

  • 30 aprel, 12:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Monako" futbolchisi Eliss Ben-Segir Angliya grandlarining transfer nishoniga aylandi. 20 yoshli vinger uchun “Liverpul” va “Manchester Siti” kurash olib boradi, deya xabar beradi "L'Equipe".

"Monako" kelajagi porloq futbolchini sotishdan 30 million evro ishlab olishni kutmoqda. "Transfermarkt" marokashlik vingerni aynan 30 million evroga baholamoqda. Eliss joriy mavsumda frantsuz klubi safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. U Marokash terma jamoasi safida o‘nta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilishga ham ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!