"Monako" Mertensga 15 mln evro maosh taklif qilmoqda

  • 17 fevral, 2020, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” klubi forvardi Dris Mertens faoliyatini “Monako”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra monakoliklar 32 yoshli belgiyalik futbolchi uchun 2 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Mertens ushbu ikki mavsum uchun 15 mln evro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Mertensning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois unda hozir boshqa jamoalar bilan muzokara o‘tkazish huquqi mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!